Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jo Bayden senatorlarni g‘azablantirdi

Jo Bayden senatorlarni g‘azablantirdi

AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenning saylovoldi kampaniyasida TikTok’ga kirish haqidagi qarori milliy xavfsizlikka oid xavotirlarni kuchaytirdi.

Baydenning prezidentlik kampaniyasi saylovchilar bilan ular bor joyda, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda uchrashishda davom etishini aytdi, deb yozadi The Guardian.

Demokratik senator Mark Uorner bu qarorning milliy xavfsizlikka ta’siridan xavotirda ekanini aytdi.

Bir qator respublikachi senatorlar ham Bayden kampaniyasining TikTok’ga qo‘shilish qarorini tanqid qilishdi.

Oq uy matbuot kotibi Jon Kirbining aytishicha, hukumat qurilmalarida TikTokdan foydalanish bilan bog‘liq milliy xavfsizlik xavotirlari bo‘yicha hech narsa o‘zgarmagan. Bu siyosat amalda qoladi.

2023 yilda Bayden ma’muriyati hukumat idoralariga federal hukumatga tegishli telefonlar va qurilmalardan TikTokni olib tashlashni buyurgandi.

TikTok Amerika foydalanuvchilari ma’lumotlarini Xitoy hukumati bilan baham ko‘rmasligini va o‘z foydalanuvchilarining maxfiyligini himoya qilish uchun muhim choralar ko‘rayotganini aytgandi.

Baydenning saylovoldi kampaniyasi bayonotida aytilishicha, u «saylovchilar bilan ular bo‘lgan joyda uchrashishda davom etadi», jumladan, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp tomonidan asos solingan ijtimoiy media platformalarida ham.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring