Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jo Bayden va Si Szinpinning Balidagi uchrashuvi boshlandi

Jo Bayden va Si Szinpinning Balidagi uchrashuvi boshlandi

AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpinning G20 sammiti doirasida Indoneziyaning Bali orolidagi uchrashuvi boshlandi.

Liderlar AQSh va Xitoy o‘rtasidagi aloqa kanallarini saqlab qolish va kengaytirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi raqobat va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

AQSh va Xitoy rahbarlari jahon hamjamiyatiga taalluqli xalqaro muammolarni hal qilish mavzusiga ham to‘xtaladilar.

Shuningdek, Anadolu nashrining iddaosicha, uchrashuv chog‘ida Bayden Vashingtonga bir qator masalalar yuzasidan murojaat ham qiladi. Xabar qilinishicha, gap Tayvan, Xitoy rasmiylari tomonidan inson huquqlari buzilishi va Xitoyning «zararli iqtisodiy amaliyotlari» haqida ketmoqda.

Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, yetakchilar xalqaro mavzularni, jumladan, Rossiya-Ukraina urushini ham muhokama qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring