Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jorj Soros 253 ta OAVga pora berganlikda gumon qilinmoqda

Jorj Soros 253 ta OAVga pora berganlikda gumon qilinmoqda

Foto: DW

Amerikalik taniqli milliarder Jorj Soros butun dunyo bo‘ylab 253 ta OAVni «sotib olganlik»da (pora berishda) gumon qilinyapti. Bu haqda Fox News nashri MRC Business tadqiqotlariga asoslanib xabar berdi.

Soros jamg‘armasi ko‘plab mamlakatlarda inqiloblar, to‘qnashuvlar, tartibsizliklar homiysi sifatida tanilgan.

Yuqoridagi tadqiqotga ko‘ra, Sorosga sotilgan OAVlar orasida Washington Post, Bloomberg, CNN, NBC, CBS va NPR singari taniqli nomlar bor. Milliarder voqealarni u istagandek yoritishlari uchun 2016–2020-yillar davomida 54 ta nufuzli media namoyandalariga jami 131 mln dollar sarflagan. Fox News pullar Jors Soros moliyalashtiruvchi guruhlar tomonidan to‘langanini yozmoqda.

Jorj Soros o‘zining «ochiq jamiyat» radikal dasturini amalga oshirish maqsadida 32 mlrd dollardan ortiq pulini turli tashkilotlar tuzishga sarflagan. Sorosning «ochiq jamiyat»i abortni qo‘llab-quvvatlash, LGBT-fanatizm, ekologik ekstremizm, antiamerikanizm, marksistik iqtisodiyot, politsiyani moliyalashtirishni to‘xtatish kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan, deb yozishdi MRC Business tahlilchilari Jozef Vaskes va Daniel Shnayder.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring