Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST Demokratik Kongoda Ebola tarqay boshlaganidan o‘zgacha xavotirda

JSST Demokratik Kongoda Ebola tarqay boshlaganidan o‘zgacha xavotirda

Foto: «Reuters»

Kongo Demokratik Respublikasining Ekvatorial provinsiyasida Ebola kasalligi keng tarqamoqda. «RIA Novosti» yozishicha, yuqumli va o‘ta xavfli virusning navbatdagi uyg‘onishi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini o‘zgacha tashvishga solmoqda — kasallikka qarshi kurashish uchun bu safar mablag‘ yetmasligi mumkin.

Ekvatorial provinsiyada Ebola 11-marta uyg‘ongani 1-iyun kuni qayd etilgandi.

Hozirga kelib 56 nafar insonga infeksiya yuqqani aytilmoqda, shundan 53 nafari tasdiqlangan. Kasallik 9 ta tumanga tarqashga ulgurdi.

JSSTning Afrika bo‘yicha hududiy direktori Matsushido Moetining ta’kidlashicha, bezgakka qarshi bu safargi kurashda, vaziyat «COVID 19» pandemiyasi sharoitida kechayotgani uchun, ancha qiyin bo‘ladi.  Virus tumanlarga, borish qiyin tropik o‘rmonlar ichkarisigacha tarqab ketgan, turgan gapki, shundoq ham murakkab moliyaviy vaziyatda ko‘maklashuv dasturlari xarajatlari yanayam oshadi.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, Kongo DRda Ebolaga qarshi kurashish dasturiga 1,75 million dollar mablag‘ yig‘ilgan — bu pul bir necha haftaga yetadi, xolos.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring