Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST vaboga chalinish bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganini ta’kidlamoqda

JSST vaboga chalinish bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganini ta’kidlamoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) vaboga chalinish bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganini ta’kidlamoqda. 2023-yil boshidan buyon kasallanganlar soni 610 mingdan oshdi.

«Bu 2022-yildagidan ko‘p», – deyiladi kasallikning dunyo aholisi o‘rtasida tarqalish xavfi «juda yuqori» baholanayotgan JSST axborotida.

2023-yilda vabo bilan kasallanganlar soni, JSSTga a’zo mamlakatlarning dastlabki hisobotlarida qayd etilishicha, 15 noyabr holatiga ko‘ra o‘tgan yillardagi ko‘rsatkichlardan oshib ketgan. 610 mingdan ortiq holatlar va 3,5 mingta o‘limlar haqida xabar berilgan. Oy davomida kasallanganlar soni qariyb 7 mingga yetgan. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 2022-yilda 472 697, 2021-yilda esa 223 370 vabo kasalligi aniqlangan.

Umuman olganda, yil boshidan buyon 31 mamlakatda infeksiya holatlari qayd etilgan bo‘lib, kasallik yuqtirganlarning eng katta qismi Afrika mintaqasiga to‘g‘ri kelmoqda.

«Epidemiyalarning ko‘pligi va ularning geografik tarqalishi, shuningdek, vaksinalar va boshqa resurslarning yetishmasligini hisobga olgan holda, JSST global darajadagi xavfni juda yuqori deb baholashda davom etmoqda», – deyiladi tashkilot xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring