Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kafeda jurnalistga hujum qilgan vazir iste’fo berdi

Kafeda jurnalistga hujum qilgan vazir iste’fo berdi

18 mart kuni Yerevandagi kafelardan birida jurnalistga hujum qilgani aytilgan Armaniston yuqori texnologiyalar sanoati vaziri Akop Arshakyan iste’foga chiqishini e’lon qildi.

«Hurmatli vatandoshlar. Bugun mening vazir lavozimidagi so‘nggi ish kunim. Armaniston Respublikasi fuqarosi sifatida mansabdor shaxsning har qanday fuqaroga nisbatan zo‘ravonlik ishlatishini nomaqbul deb bilaman, biz zo‘ravonliklarsiz jamiyat qurish yo‘lidan borishimiz kerak», — deb yozgan Arshakyan Facebook sahifasida.

Vazir mamlakatning xalqaro maydondagi vakili bo‘lgan yuqori lavozimli amaldor sifatida u o‘z tajribasi bilan jamiyat uchun o‘rnak bo‘lishga majbur ekanligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 18 mart kuni jurnalist Paylak Fagradyan kafeda bo‘lib turgan vazirga savol bilan murojaat qilgan. Uning savoli vazirning g‘azabini qo‘zg‘atgan va natijada janjalda jurnalistning kompyuteri ham zararlangan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring