Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kamol Qilichdoro‘g‘li uzoq muddatga qamalib ketishi mumkin

Kamol Qilichdoro‘g‘li uzoq muddatga qamalib ketishi mumkin

Turkiyaning muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li unga qarshi ochilgan 28 ta da’vo bo‘yicha jami 110 yilgacha qamalishi hamda siyosiy faoliyati taqiqlashi mumkin.

Bu haqda Cumhuriyet gazetasi xabar bermoqda.

Erdo‘g‘onga saylovlarda katta qarshilik qilgan Qilichdoro‘g‘lining advokati Jalol Chelikka ko‘ra, Qilichdorog‘luga qarshi 28 ta da’vo qo‘zg‘atilgan. Prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchragan Qilichdaro‘g‘li parlamentga ham kira olmadi va deputatlik daxlsizligidan mahrum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, aksariyat hollarda da’vogar prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bo‘ladi. Bundan tashqari, aksariyat sud ishlari bo‘yicha siyosatchi to‘rt yilgacha, jami barcha da’volar bo‘yicha esa 110 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kilichdoro‘g‘lu prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida 47,82 foiz ovoz bilan yutqazdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring