Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanada politsiyasi 81 yoshli haydovchi ayolni hibsga oldi

Kanada politsiyasi 81 yoshli haydovchi ayolni hibsga oldi

Foto: Spencer Colby/The Canadian Press

Kanadaning Toronto shahri politsiyasi 81 yoshli ayolni hibsga oldi, deb xabar berdi CBC. U bir kun avval samokatda ketayotgan 64 yoshli ayolni mashinasida urib yuborgan.

Hodisa chorshanba (30 iyulda), taxminan 21:00 larda Nort-Yorkdagi Kodsell-avenyu va Goddard-strit ko‘chalari chorrahasida yuz bergan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar mashina urib yuborgan 64 yoshli ayolning jasadiga duch kelishgan.

Ayol elektr samokatda Goddard-strit bo‘ylab janub tomon harakatlanayotganida oq Mazda urib yuborgan. Mashina haydovchisi birinchi yordamni ko‘rsatmasdan, voqea joyidan ketib qolgan, deyiladi polsiya matbuot xizmati bayonotida.

Ertasiga YTHni sodir etgan Mazda topildi, uning egasi — torontolik keksa ayol hibsga olindi. Unga o‘limga sabab bo‘lgan YTH joyidan ketib qolish hamda transport vositasini xavfli boshqarish kabi ayblovlar qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring