Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanadadagi kutubxonada xunrezlik yuz berdi

Kanadadagi kutubxonada xunrezlik yuz berdi

Foto: «CBC»

Kanadaning Nort-Vankuver shahridagi kutubxonada erkakning hujum qilishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi va yana olti kishi jarohatlandi, deya xabar berdi CBC telekanali.

Avvalroq politsiya gumondor hibsga olinganligi va aftidan yolg‘iz harakat qilgani to‘g‘risida ma’lum qilgandi.

Telekanalning qotillikni tergov qilish bo‘limi vakiliga tayangan holda xabar berishicha, gumonlanuvchi politsiyaga yaxshi ma’lum bo‘lgan — taxminan 20 yoshlardagi yigit.

Politsiya hujumning sababini o‘rganmoqda. Ular voqeaga guvoh bo‘lganlarni huquq-tartibot idoralari xodimlariga murojaat qilishlarini so‘ragan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchi «juda uzun, g‘ayrioddiy pichoq» bilan qurollangan.

«Bugun mening qalbim Nort-Vankuver bilan. Linn-Vellida ushbu shafqatsiz hodisadan shikastlangan har bir kishi, shuni bilingki, barcha kanadaliklarning o‘y-xayoli sizlar bilan va yaradorlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi», — deb yozdi Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo «Twitter»da.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring