Kanadalik kashandalarga tamaki kompaniyalari $23,6 mlrd to‘laydi
Kanadada tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalariga qarshi uzoq davom etgan sud kashandalar foydasiga hal bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Sud Philip Morris, British American Tobacco va Japan Tobacco kompaniyalariga tamaki chekuvchilarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar evaziga kashandalarga jami 32,5 mlrd kanada dollari (taxminan 23,6 mlrd AQSh dollari) miqdorida kompensatsiya to‘lash majburiyatini yukladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter