«Karantinsiz Ispaniya»: koronavirusni yuqtirishlar soni ko‘payib ketdi

Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi «COVID-19» kasallari soni keskin oshganini ma’lum qildi.
Bir oy avval mamlakatda qattiq cheklovlar bekor qilingandi: o‘shandan beri — 21-iyundan buyon 18 564 kishiga koronavirus yuqib, bir oy davomida kovid bemorlari soni 400 foizga oshgan.
O‘tgan bir oy davomida 99 nafar bemor vafot etgan, 1154 nafar yangi kasal shifoxonaga yotqizilgan, shundan 93 nafari og‘ir ahvolda.
Ikki haftadan sal ko‘p vaqt davomida kasallar soni uch hissaga ko‘paygan: 3-iyulda har 100 ming aholiga 8,76 ta holat to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 20-iyulda — 27,39 ta.
Kataloniya va Aragonda vaziyat ancha jidiy. Katalon hukumati ko‘p tumanlar aholisi, jumladan, barselonaliklardan, juda zarur bo‘lmasa, uydan ko‘chaga chiqmaslikni so‘ramoqda. Aragon hukumati esa saragosaliklarga shaharni tark etmaslikni va aksincha, bosh tumanlar aholisiga bu shaharga kelmaslikni tavsiya qilishmoqda.
Ko‘plab avtonomiyalarda (Madrid va Kanar orollarini istisno qilganda) ikki metrlik masofa saqlash imkoniyati bo‘lgan taqdirda ham jamoat joylari va ko‘chalarda niqob taqib yurish majburiyati o‘z kuchida.
Ayni paytga kelib, Ispaniyada koronavirusning mahalliy o‘choqlari soni 201 taga yetgan, SSV bularning barchasi nazorat ostida ekanini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter