«Kashanda qotil»: AQShda 48 yil oldingi jinoyat fosh etildi

Qotilning barmoq izlari qolgan sigaret qutisi.
AQShning Ogayo shtatida 48 yil muqaddam qotillikka qo‘l urgan shaxs aniqlandi, deb xabar berdi NBC News.
1977-yilda 24 yoshli Janett Ralstonning nomusi toptalib, o‘ldirib ketilgan. Uning jasadini bar yaqinidagi mashina orqa o‘rindig‘ida topishgan. Qizning tanishlari u bardan noma’lum erkak bilan chiqib ketganini aytishgan.
Santa-Klara okrug prokurorining o‘rinbosari Rob Beykerning aytishicha, qurbonning mashinasida topilgan sigaret qutisidagi barmoq izlarini FQB ma’lumotlar bazasi orqali aniqlashga urinish samara bermagan. O‘tgan yili FQB tizimning qidiruv algoritmini yangilaganidan so‘ng, uzoq tarixdagi jinoyatga oid dalilni yana bir bor tekshirib ko‘rishdi.
Barmoq izlari 69 yoshli (jinoyat sodir etilgan paytda 21 yoshda bo‘lgan) Villi Yujin Simsga tegishli bo‘lib chiqdi, dedi Beyker. Shuningdek, Ralstonning tirnoqlari ostidan va ko‘ylagidan olingan dalillar Simsning DNKsi bilan mos keldi.
Sims 25 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilishi kutilyapti.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter