Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kechiringlar»: Kanadalik deputat onlayn yig‘ilishda yalang‘och holda «qatnashdi»

«Kechiringlar»: Kanadalik deputat onlayn yig‘ilishda yalang‘och holda «qatnashdi»

Foto: «Ria.ru»

Kanadalik deputat, Kvebek provinsiyasi Pontyak munitsipaliteti vakili Uilyam Amos Jamoalar palatasining onlayn yig‘ilishi paytida yalang‘och holda paydo bo‘ldi.

Kadrlarda Amos Kanada va Kvebek bayroqlari orasida turib, mobil telefoni orqasiga yashiringan.

Keyinchalik deputat elektron pochta orqali «noxush xatosi» uchun hamkasblaridan uzr so‘radi.

«Jamoalar palatasidagi hamkasblarimdan chin dildan uzr so‘rayman. Yugurishdan keyin ish kostyumimni almashtirayotganimda videotranslyasiya tasodifan yoqildi. Bu boshqa takrorlanmaydi», — deb yozgan u.

Hamkasblari parlament vakilini kamera va kompyuter mikrofoni yonida hushyor bo‘lishga chaqirishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring