Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelajakda urushlar litiy uchun kechadi — Vuchich

Kelajakda urushlar litiy uchun kechadi — Vuchich

Foto: Dzen

Litiy xuddi neft va tuz kabi muhim resursdir, kelajakda urushlar litiy uchun kechadi, dedi Serbiya prezidenti Aleksandar Vuchich 24-iyun kungi bayonotida.

Vuchichning fikricha, ikki yil avval G‘arb kompaniyalari o‘rtasida litiy konlari uchun olib borilgan «shaxmat o‘yini» sababli Serbiya taraqqiyoti ikki yilga to‘xtab qoldi.

«Biz ikki, balki uch yil yo‘qotdik, endi bunga haqqimiz yo‘q», — qo‘shimcha qildi u. Serbiya prezidenti mamlakat hududida litiy qazib olish bo‘yicha amaliy qadamlarni tashlash fursati yetganiga urg‘u berdi.

Ta’kidlanishicha, Serbiya yiliga 58 ming tonna litiy ishlab chiqarishi mumkin, eng asosiy savol — Serbiya akkumulyatorlar ishlab chiqara oladimi?

Ma’lumot uchun: Serbiyada litiy konlarini o‘zlashtirishga tabiat himoyachilari jiddiy qarshilik ko‘rsatmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring