Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In armiya «urush boshlashga tayyor»ligini bildirdi

Kim Chen In armiya «urush boshlashga tayyor»ligini bildirdi

Kim Chen In qizi bilan birga havo-desant qo‘shinlarining mashg‘ulotlariga rahbarlik qildi, deya xabar beradi KCNA.

Mamlakat rahbari Shimoliy Koreya armiyasi «har qanday vaqtda urush boshlashga tayyor»ligini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, Kim Chen In mashg‘ulot rejasini olgan va mashg‘ulotni kuzatish joyidan boshqargan. Jangchilar, xabar matnida ta’kidlanganidek, «bir yuzga qarshi» formulasidan foydalanib, raqiblarga qarshi kurashishni o‘rganishgan.

Mashq davomida samolyot poligon ustidan uchib o‘tdi, desantchilar havodan soxta dushman pozitsiyasiga kelib tushdi va taxminiy ob’yektni qo‘lga oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring