Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In «har qanday dushmanni yer tishlatish» bilan tahdid qildi

Kim Chen In «har qanday dushmanni yer tishlatish» bilan tahdid qildi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 25-aprel kuni Koreya xalq armiyasi (KXA) tashkil etilganining 90 yilligi sharafiga o‘tkazilgan paradni qabul qilar ekan, KXDR har qanday dushmanni yo‘q qilishga qodir ekanini aytdi.

Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar bermoqda.

«Hozir harbiy kuchlarimiz har qanday jangga shay. Biz KXDR bilan harbiy mojaroga kirishmoqchi bo‘lgan har qanday kuchni yo‘q qilamiz», — dedi Kim Chen In.

20 mingga yaqin askarlar va 250 ga yaqin texnikalar ishtirok etgan paradda namoyish etilgan qurollar orasida  «Xvason-8» gipertovushli raketasi, shuningdek,  «Xvason-17» qit’alararo ballistik raketasi ham bor.

Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In avvalroq yangi taktik qurolni sinovdan o‘tkazish jarayonida qatnashgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring