Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kobul universitetida o‘qituvchilar yoppasiga ishdan haydaldi

Kobul universitetida o‘qituvchilar yoppasiga ishdan haydaldi

«Tolibon» hukumati Kobul universitetining 50 nafar o‘qituvchisini ishdan haydab yuborgan. Bu haqda universitet rektori oliy ta’lim vaziriga yozgan maktubida ma’lum qilingan.

Yoppasiga ishdan haydashning asosiy sababi sifatida o‘qituvchilarning «doimiy darsda bo‘lmasligi» ko‘rsatilgan. Lekin Afghanistan International telekanali manbasiga ko‘ra, toliblar o‘zlarining odamlarini qo‘yish uchun Ramazon hayitidan keyin universitetda maxsus imtihon o‘tkazishni rejalashtirgan.

Manbaga ko‘ra, ishdan bo‘shatilganlarning aksar qismi «Tolibon» tomonidan OTMlarga qo‘yilgan yangi talablarga qarshi chiqqanlardir. Shuning uchun ham ularning ko‘pchiligi qochib ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, toliblar hukumati tuzilgach, hozirgacha 300 ga yaqin magistr va fan doktorlari mamlakatni tark etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring