Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kobulda AQSh samolyoti hujumi tufayli to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Kobulda AQSh samolyoti hujumi tufayli to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Kobulda AQSh uchuvchisiz samolyoti hujumi oqibatida bir oilaning to‘qqiz fuqarosi, shu jumladan olti bola halok bo‘ldi. Bu haqda CNN marhum qarindoshiga asoslanib ma’lum qilgan.

Oila a’zolaridan biri hujum oqibatida qurbon bo‘lganlar nomini birma-bir sanab o‘tgan. Eng yosh qurbonlar ikki va uch yoshda bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha barcha to‘qqiz qurbon bir oila a’zolari bo‘lgan.

«Biz IShID yoki DAISh emasmiz. Bu mening akalarim oilalari bilan yashaydigan oilaviy uy edi»,— dedi manba.

Avvalroq Afg‘onistonning Ariana News telekanali Kobuldagi raketa hujumi paytida olti kishi, jumladan, to‘rt bola halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kobul aeroportidagi teraktdan so‘ng, prezident Bayden IShIDga qarshi havo hujumlariga buyruq bergandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring