Kobulda juma namozidan keyin masjid oldida portlash yuz berdi
![Kobulda juma namozidan keyin masjid oldida portlash yuz berdi](http://static.xabar.uz/crop/3/6/720_460_95_3634211171.jpg)
Kecha, 23-sentyabr kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida juma namozi vaqtida 10-xavfsizlik okrugi chegarasidagi masjid oldida portlash yuz berdi. Bu haqda Ariana Nevs xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash juma namozi tugagach namozxonlar masjidni tark etayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida 14 kishi jarohat olgan, ulardan 4 nafari halok bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqdagi videoda portlash joyida tutun va chang borligini ko‘rish mumkin. Hozircha hech kim portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter