Kobuldagi globus bilimsizlik mevasimi yoki...

Tolibon nazorati ostidagi Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi «Dehan Bog‘» chorrahasida yer maketi (globus) namoyish etildi.
Tolibon tomonidan namoyish etilgan globusning kattaligi 8 metr bo‘lib, og‘irligi 2 tonnani tashkil etadi. Unda Afg‘oniston hududi butun Markaziy Osiyoni qamrab olgan holda, Qozog‘iston bilan chegaradosh bo‘lishi tasvirlangan.
Bu masala Twitter’da ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tolibon hukumatining ta’kidlashicha, bu globus e’tiborni tortish uchun qilingan va siyosatga umuman aloqasi yo‘q.
«Maqsadimiz Afg‘oniston xaritasini biroz «kattalashtirilgan» va ko‘rinadigan qilish edi. Bunda hech qanday siyosiy maqsad yo‘q», – deya o‘zlarini oqlashmoqda ma’muriyat vakillari.
Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, bu xato ushbu loyiha mutasaddilarining bilimsizligi va noprofessionalligi tufayli bo‘lishi ham mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter