Kobuldagi portlash tashkilotchisi ma’lum bo‘ldi

Kobuldagi Rossiya Federatsiyasining konsullik bo‘limi yaqinida 2022-yil 5-sentyabr kuni ertalab portlash sodir etilgan edi. IShID terrorchilik guruhi ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi. Bu haqda terrorchi guruh bayonotiga asoslanib Reuters agentligi xabar berdi.
Rossiya TIV xabariga ko‘ra, portlash oqibatida diplomatik vakolatxonaning ikki nafar xodimi halok bo‘lgan.
Ma’lumot berilishicha, terakt diplomatik missiya binosi oldida viza olish uchun navbatda turganlar oldida sodir etilgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 20 ga yaqin inson jarohatlangan.
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov terakt tashkilotchilari va ijrochilari qilmishiga yarasha jazosini olishiga ishonch bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter