«Koinot go‘zali» tanlovi g‘olibasi aniqlandi
Filippinlik 24 yoshli Katriona Grey «Koinot go‘zali» xalqaro tanlovining g‘olibasiga aylandi. Bu haqda «TV line» xabar berdi.
Final Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo‘lib o‘tdi.
Grey «Love Yourself» tashkilotida OIV va OITSga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyat yuritadi va «Young Focus» notijorat tashkilotida ham ko‘ngilli sifatida ishlaydi.
Ikkinchi o‘rinni venesuelalik Stefani Guterres egalladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter