Kolumbiya prezidenti NATO bilan aloqalarni uzmoqchi

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro NATO bilan aloqalarni uzish niyatida.
«NATOni tark etishimiz kerak, boshqa yo‘l yo‘q. Yevropa bilan munosabatlar ham shunday — o‘z xalqiga xiyonat qilib, bomba yog‘dirishda ishtirok etayotgan hozirgi hukumatlar bilan munosabatlarni shunday davom ettirib bo‘lmaydi», — dedi u.
Gustavo Petroning aytishicha, NATOning asosiy global sheriklaridan hisoblangan Kolumbiya armiyalari «bolalarga bomba yog‘dirayotgan» alyanslarda ishtirok etmasligi kerak.
Agarda G‘arb mamlakatlari bosim qiladigan bo‘lsa, boshqa mintaqalarda bizni qo‘llovchilar topiladi, deya qo‘shimcha qildi Kolumbiya prezidenti.
Avvalroq Gustavo Petro Isroilning G‘azo sektoridagi qilmishlarini qoralagan hamda prezidentning farmoniga qaramasdan, isroil qurollarini sotib olayotgan Kolumbiya mudofaa vazirligini tanqid qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter