Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kolumbiyadagi shahar meriyasi binosi oldida portlash sodir bo‘ldi

Kolumbiyadagi shahar meriyasi binosi oldida portlash sodir bo‘ldi

Kolumbiyaning Korinto shahri meriyasi binosi yonida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb yozadi mahalliy El Tiempo gazetasi.

Hodisa 26 mart kuni tushdan keyin sodir bo‘lgan.  Gazetaning yozishicha, portlovchi moslama shahar hokimligi yaqinida turgan mashinada bo‘lgan.  Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 17 kishi jarohat olgan, ularning barchasi kasalxonaga yetkazilgan.

Politsiya ushbu hodisa yuzasidan tergov boshladi. Ayni paytda portlashga kim aybdor bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring