Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus kuchaymoqda, ammo Tojmahal va maktablar ochildi

Koronavirus kuchaymoqda, ammo Tojmahal va maktablar ochildi

Foto: «Ekspress K»

Hindistonda koronavirus epidemiyasi tobora kuchayib boryapti, shunga qaramasdan, Tojmahal obidasi va qator maktablar, bugun, dushanba kunidan ochildi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

Hukumat vakillariga ko‘ra, Tojmahal ziyoratiga borganda koronavirusga qarshi barcha ehtiyot choralarni ko‘rish, xususan, masofani saqlash talab etiladi.

Mart oyining o‘rtalaridan yopilgan Tojmahalga bugunning o‘zida yuzlab odamlar ziyoratga borishgan. Obitdaga kun davomida 5 ming kishi kirib chiqishiga ruxsat etilgan, bu pandemiyagacha bo‘lgan ko‘rsatkichning chorak qismiga teng.

OAV xabarlariga ko‘ra, bugundan boshlab 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarning ko‘ngilli asosda maktablarga borishiga ruxsat berilgan. Shuning barobarida, aksariyat shtatlarda maktablarni ochishga hali erta deb hisoblashyapti. Ta’lim muassasalari ochilishiga ruxsat berilgan ayrim shtatlarda maktablarning o‘zlari darslarni o‘tkazishga qarshi chiqmoqda.

Ota-onalar ham bolalarini maktabga jo‘natishga oshiqayotgani yo‘q. Masalan, Assam shtatatidagi qishloq maktablaridan biriga 400 o‘quvchidan 8 nafari darsga borgan.

Ta’kidlash kerakki, Hindiston pandemiya antirekordlari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarga chiqib oldi, ayniqsa, hozir koronavirus avjiga chiqqan. «Worldometer» ma’lumot berishicha, 21-sentyabr holatiga Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 5,4 mln. nafardan oshdi. Bemorlarning 87,9 ming nafari vafot etgan. Hindistonning birgina yaxshi statistikasi bor: sog‘ayib ketganlar soni (4,3 mln. nafardan ziyod) bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring