Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus qayd etilmagan davlatlar soni yana bittaga kamaydi

Koronavirus qayd etilmagan davlatlar soni yana bittaga kamaydi

Foto: «Glas.ru»

Samoada ilk koronavirus holati rasman qayd etildi. Hukumat xorijdan qaytib kelgan fuqaroalardan birida infeksiya borligini fosh etgan, deya xabar berdi «Samoa Observer».

Hozir koronavirus topilgan fuqaro karantinga olingan. Samoa bosh vaziri Tuilaepa Sailele Maliyelegaoi aholiga murojaat qilib, vaziyat nazorat ostida ekanligiga ishontirgan.

Samoa shu paytgacha COVID-19dan xoli bo‘lgan sanoqli davlatlardan biri edi.

«Endi bizda ham COVID-19 bor. Endi biz ham koronavirus qayd etilgan dunyo mamlakatlari sirasiga kiramiz», — dedi u. Bosh vazir koronavirusni yuqtirgan odam qayerdan kelganiga aniqlik kiritmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, aholi koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlardan xabardor qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring