Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus yo‘q... Tojikistonda atipik pnevmoniyadan o‘lim holatlari ko‘paygan

Koronavirus yo‘q... Tojikistonda atipik pnevmoniyadan o‘lim holatlari ko‘paygan

Foto: DW

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Tojikiston va Turkmanistonga o‘z ekspertlarini kiritmoqchi.

Xususan, tashkilotning Yevropa hududiy byurosi direktori Xans Klyuge Rospotrebnadzor rahbaridan Tojikiston va Turkmanistonga missiya tashkil etishda yordam berishni, o‘z mutaxassislarini yuborishni so‘ragan.

Klyuge, garchi Tojikiston va Turkmanistonda koronavirus rasman qayd etilmagan bo‘lsa-da, bu mamlakatlardagi holatdan tashvishda. Uning aytishicha, Tojikistonda atipik pnevmoniyadan o‘lim holatlari ko‘paygan... Klyuga ham texnik, ham siyosiy tomonlama Rossiyaning yordamiga umid qilgan.

U Rossiyadan Tojikiston va Turkmaniston rahbarlariga JSSTning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyalariga jiddiy yondashish bo‘yicha murojaatini yetkazishni so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring