Koronavirusni bir daqiqa ichida topadigan va PSRdan aniqroq testlar ishga tushdi
«RIA Novosti» xabar berishicha, isroillik olimlar koronavirusni aniqlovchi yangi testni sinovdan o‘tkazishdi. Bu test tashxisni 96 foizdan yuqori aniqlikda, ya’ni PSR dan ham yaxshiroq qo‘yadi, deyiladi mamlakat turizm vazirligi xabarida.
Yangi test 250 kishida qo‘llab ko‘rilgan, bitta tashxis uchun to‘lov 1 shekel (3 ming so‘m atrofida) ham chiqmaydi.
Bu testdan o‘tish uchun insonning so‘lagidan namuna olinadi. Og‘iz namakob bilan chayilganidan so‘ng olingan namuna probirkada nur taratuvchi qurima yordamida tahlil qilinib, COVID-19 bor-yo‘qligi aniqlanadi. Bu qurilma boshqa viruslarni ham topa olishi aytilmoqda.
Bundan tashqari, isroillik olimlar COVID-19ni 30-40 soniya ichida topib beruvchi texnologiyani ham ishlab chiqishdi. Bunga qo‘shimcha ilova ham bor, maxsus vositalarsiz ham uyda o‘tirib smartfon orqali test javobini 20 daqiqa ichida bilib olish mumkin.
«Sog‘liqni saqlash vazirligi yaqin kunlarda Ben-Gurion aeroportini koronavirusni aniqlovchi laboratoriyalar bilan ta’minlash bo‘yicha tender e’lon qiladi. Bu esa isroillik olimlarning ishlanmasi oldingi hayot tarzimizga yanada tezroq qaytishimizda yordam berishini, xavfsizligimiz va salomatligimizdan xavotirlanmasdan bemalol sayohatlarga chiqishimiz mumkinligini anglatadi», — dedi Isroil turizm vazirligining Rossiya va MDH bo‘yicha departamenti direktori Vladimir Shklyar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter