Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Korrupsiyaga qarshi kurashishni Tanzaniyadan ham o‘rgansa bo‘ladi

Korrupsiyaga qarshi kurashishni Tanzaniyadan ham o‘rgansa bo‘ladi

Skrinshot

«Transparency International» tashkiloti Tanzaniyani korrupsiyaga qarshi eng yaxshi kurashayotgan mamlakatlardan biri sifatida maqtadi. Tanzaniyaning «HabariLeo» nashri yozishicha, «Transparency International»ning 2019-yil uchun dokladida bu mamlakat iqtisodiyotni yemirib, aholining qashshoqlashishiga olib keluvchi korrupsiya balosini daf qilish uchun ancha ishlar qilgani ifodasini topgan.

Doklad «Afrobarometr» tadqiqotlar tarmog‘i bilan birga tayyorlangan. Unda Tanzaniya 47 000 nafar fuqarosining ovoziga ko‘ra, Afrikaning 35 mamlakatidan oldingi o‘rinni egallagan. Tanzaniyaliklardan quyidagi mazmundagi savollarga javob olindi: davlat va jamoat tashkilotlaridagi korrupsiyaga aholining munosabati, fuqarolar mamlakatdagi korrupsiya holatiga qanday baho berishadi — u qanchalik tarqalgan, ko‘payyaptimi yoki kamaymoqdami, uni bartaraf etish uchun hukumat qanchalik kuch sarflayapti, suv va elektr ta’minoti, ta’lim kabi asosiy xizmatlardan foydalanish uchun pora berishyaptimi va h.o.

Korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan 2016-yilgi dokladda Tanzaniya 180 mamlakat orasida 116-o‘rinni band etgandi. 2018-yili esa 99-o‘rinni egalladi, sobiq Ittifoq mamlakatlaridan faqat Estoniya, Latviya, Litva, Gruziya va Belarus undan oldinda...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring