Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kurash bo‘yicha Eron chempioni o‘lim jazosiga hukm qilindi

Kurash bo‘yicha Eron chempioni o‘lim jazosiga hukm qilindi

Foto: «TMZ Sports»

Eronda kurash bo‘yicha chempion Navid Afkari Sanjari qatl etiladigan bo‘ldi. Eron Islom respublikasi 2018 yilda hukumatga qarshi aksiyalarda faol ishtirok etgani uchun sportchining ustidan shunday hukm chiqardi. Bu haqda «TMZ Sports» xabar berdi.

Mamlakat Oliy sudi bir qancha musobaqalar sovrindori 27 yoshli sportchini ikkita o‘lim jazosiga hukm qilinganini tasdiqladi. Bundan tashqari, qonun Afkarining inilarini ham ta’qib etgan. Lekin faqat Navid o‘lim jazosiga hukm qilingan. Ukalari esa 74 marta qamchi bilan savalanib, uzoq yilga qamaladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil dekabrdan 2018-yilning boshlarigacha Eronning katta-katta shaharlarida bir necha kun ketma-ket norozilik nаmoyishlari bo‘lib o‘tgan. Olomonni tarqatish paytida 25 kishi halok bo‘lgan, 400 kishi hibsga olingan. Respublika prezidenti Hasan Ruhoniy o‘shanda norozilik namoyishlari mamlakatning ichki muammosi va boshqa davlatlarning da’vosi tufayli kelib chiqqanini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring