Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kurdiston ishchi partiyasi tugatildi

Kurdiston ishchi partiyasi tugatildi

Foto: Reuters

Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) o‘zini tarqatib yuborgani va Turkiya bilan qurolli nizoga chek qo‘yishga qaror qilgani haqida rasman bayonot berdi, deyiladi Rudaw agentligi xabarida.

Partiya yetakchisi Abdulla O‘jolonning qurolsizlanish va tarqatib yuborish chaqirig‘idan so‘ng, RPK 5–7-may kunlari kongress o‘tkazdi.

«Partiya kongressida o‘z-o‘zini tarqatib yuborish va qurolli kurashni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. KIP faoliyati tugatildi», — deyiladi xabarda.

Kurdiston ishchi partiyasi 1978-yilda tashkil topgan va o‘shandan buyon Turkiyadagi kurdlarning milliy huquqlari hamda Turkiya tarkibida kurd milliy-hududiy muxtoriyatini yaratish uchun kurashib kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring