Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: KXDR Janubiy Koreyaning signallariga javob bermayapti

OAV: KXDR Janubiy Koreyaning signallariga javob bermayapti

Shimoliy Koreya rasmiylari uch kundan beri Janubiy Koreya bilan harbiy aloqa liniyasi bo‘yicha muntazam qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.

KXDR aloqa liniyasi ishlamayotgani haqidagi ma’lumot Janubiy Koreya rasmiylari tomonidan berilgan.

Pxenyan va Seul ikki aloqa kanali orqali kuniga ikki marta qo‘ng‘iroqlashishadi. Aloqa harbiy ishonch telefoni va Koreyalararo aloqa idorasi orqali amalga oshiriladi.

7-aprel, juma kuni noma’lum sabablarga ko‘ra KXDR vakillari janubiy koreyalik hamkasblarining ular bilan bog‘lanish urinishlariga javob berishni to‘xtatdi.

Shu bilan birga, Koreyalararo aloqa idorasi dam olish kunlari ishlamaydi, Seul esa shanba va yakshanba kunlari faqat harbiy ishonch telefoni orqali aloqa o‘rnatishga harakat qilgan.

Pxenyan va Seul o‘rtasidagi aloqalar va harbiy muzokaralar bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar noma’lum.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring