Latviyada 9-may tadbirlari butunlay taqiqlandi
Latviya parlamenti 9-may kuni ommaviy tadbirlarni taqiqlovchi shoshilinch qonunni qabul qildi. Bu haqda Seym matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qonunga ko‘ra, shu kuni butun mamlakat bo‘ylab «jamoat maydoni»da «bayramlar, mitinglar, yurishlar va piketlar» o‘tkazish taqiqlanadi.
Bundan tashqari, bu kuni pirotexnika vositalaridan foydalanish taqiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘tgan yili Latviya hukumati ham 9-may kuni ommaviy tadbirlarni taqiqlagan edi.
Avvalroq Rossiyada bu yil «O‘lmas polk» tadbirlari o‘tkazilmasligi ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter