Litva hukumati Putinning yadro quroli to‘g‘risidagi qarorini tahdid deb atadi
Litva hukumati Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Belarus Respublikasi hududiga taktik yadro qurolini joylashtirish to‘g‘risidagi qaroriga javoban bu ikki davlatga qarshi sanksiyalar joriy etadi.
Litva Tashqi ishlar vazirligining rasmiy bayonotida aytilishicha, mamlakat bu qarorni o‘z qo‘shnilari va butun Yevropa qit’asiga tahdid solishga qaratilgan harakat deb biladi.
«Bu Putin va Lukashenkoning Yevropada keskinlik va beqarorlikning navbatdagi to‘lqinini yaratishga qaratilgan umidsiz qadamlaridir. Bunday harakatlar Belarusni Ukraina bilan urushga va demokratik dunyo bilan qarama-qarshilikka olib keladi», deyilgan bayonotda.
Litva tashqi ishlar vazirligi Belarus Boltiqbo‘yi mintaqasi uchun qo‘shimcha xavf omili ekanligini, chunki u o‘z suverenitetini yo‘qotib, Rossiya agressiyasini qo‘llab-quvvatlab, yordam berayotgani, shuningdek, Rossiyaning harbiy rejalariga tobora ko‘proq qo‘shilib borayotganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 25 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu yilning 1 iyuliga qadar Belarus hududida taktik yadroviy qurollarni saqlash ombori qurilishi yakunlanishini aytgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter