Liviya sog‘liqni saqlash vaziri hibsga olindi
Liviya sog‘liqni saqlash vaziri Ali az-Zanati mamlakat poytaxti Tripolidagi Mitiga xalqaro aeroportida hibsga olindi. Bu haqda «The Libya Observer» xabar berdi.
Vazir mamlakat shifoxonalari uchun kislorod ballonlarini sotib olish va o‘rnatishda korrupsiyada ayblanyapti.
Mahalliy OAV yozishicha, Liviya bosh prokuraturasi Az-Zanatining mamlakatdan chiqishini taqiqlagan edi.
Vazirning ushlanishi borasida hukumat hozircha rasmiy bayonot bergan emas.
Mitiga aeroporti Liviya milliy birdamlik hukumati nazorati ostida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter