Lotin Amerikasi mamlakati 2 yoshdan bolalarni «qo‘lbola» vaksinalar bilan emlamoqda
Kuba hukumati ikki yoshdan bolalarni «COVID-19»ga qarshi ommaviy emlashni boshlagan birinchi mamlakat bo‘ldi. Bu haqda «Aljazeera» yozdi.
Kuba uy sharoitida ishlab chiqarilgan vaksinalari bilan emlashni boshladi.
Bu vaksinalar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan hali tan olinmagan. Shuningdek, hech qanday xalqaro yoki ilmiy ekspertizadan ham o‘tkazilmagan.
Hisobotda aytilishicha, 11,2 million aholisi bo‘lgan mamlakat 2020 yil mart oyidan beri yopiq maktablarni qayta ochishdan oldin barcha bolalarni emlashni maqsad qilgan.
Kuba uylarining ko‘pchiligida internet yo‘q. Mamlakatda teledasturlar orqali ta’lim berilmoqda. Hukumat barcha bolalar emlanganidan keyingina maktablar oktyabr va noyabr oylarida ochilishini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter