Lotin yozuvi. Qozog‘iston shashtidan tushadimi?
Qozog‘istonda lotin yozuvidan foydalanishga o‘tish prezident belgilaganidan yana 10 yilga kechikishi mumkin. «KP.ru» yozishicha, Qozog‘iston hukumati bu jarayonni kamida 2030-2035-yillargacha cho‘zmoqchi. Har holda mamlakat diplomatik doiralaridagi yuqori mansabli shaxslar o‘rtasida shunday gaplar yo‘q emas.
Saytning yozishicha, kirillchadan voz kechishga kirishilganiga ikki yil bo‘lib qolganiga qaramay, Qozog‘istondagi bironta idora o‘z saytini lotinchaga yangilagani yo‘q. Faqat birgina istisno bor — bu respublika prezidentining ishlar boshqarmasi.
Sobiq prezident Nursulton Nazarboyev lotinchaga o‘tishni 2025-yilda tugatishni topshirgandi, ammo katta avlod vakillariga lotinchani o‘rgatish oson kechmayapti.
«Lotincha trendda qolgani ma’qul, bu haqiqatan ham tilimizdagi barcha tovushlarni ifodalab bera oluvchi alifbo. Ammo bunchalik tez — atigi yetti yilda lotinchaga o‘tishga mamlakatimiz ulgurmaydi», — «Izvestiya» gazetasi amaldorlardan biridan iqtibos keltirmoqda.
Xuddi shu amaldorning gapiga ko‘ra, tashqi ishlar vazirligi va hukumatda lotinchaga «asta-sekin» o‘tish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter