Lukashenko Belarus chegarasining «har bir metrini» yopishni buyurdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko xavfsizlik xizmatlariga chegaraning «har bir metrini» yopishni buyurdi, sababi respublika aholisi o‘zini xotirjam his qilishi kerak.
«Bugundan boshlab, Belarus hududiga qo‘shni tomondan, na janubdan, na g‘arbdan bir kishi ham qadam bosmasligi kerak», - uning so‘zlarini iqtibos keltiradi Sputnik Belarus nashri chegaradagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishdan.
Ta’kidlash joizki, Belarus noqonuniy migrantlarning Yevroittifoqqa o‘tish eshiklaridan biriga aylanib borayotgandi.Natijada qo‘shni davlatlar bilan kelishmovchiliklar yuzaga chiqmoqda. Litva davlati rasmiylari Lukashenkoni migrantlari chegaraga joylashtirib, ataylab inqirozli vaziyat yaratishda ayblashgan.
Chorshanba kuni Litva chegarasida og‘ir ahvoldagi Iroq fuqarosi topilgan. Ammo tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter