Aleksandr Lukashenko tansoqchilarining sobiq boshlig‘i qo‘lga olindi

Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko tansoqchilarining sobiq boshlig‘i Andrey Vtyurin mamlakat davlat xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan pora olishda ayblanib hibsga olindi.
Bu haqda RBK yozmoqda. Vyutrin o‘tgan xaftada qamoqqa tashlangan, uning qancha miqdorda pora olgani haqida ma’lumot mavjud emas. Vyutrin 2007-yildan 2014-yilgacha mansabda bo‘lgan. Maxsus xizmatlardagi faoliyatini 1995-yildan boshlagani aytiladi.
Belorussiya davlat xavfsizlik qo‘mitasi vakili Andrey Yarosh xabarga izoh berishdan bosh tortgani ma’lum qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter