Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maduro: «AQSh davlat to‘ntarishi qilmoqchi»

Maduro: «AQSh davlat to‘ntarishi qilmoqchi»

Foto:«InoSMI»

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh hukumati «Bolivar inqilobi»ni tugatish maqsadida Venesuelada harbiy to‘ntarishni rejalashtirganini aytdi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

O‘tgan hafta, 19-may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan saylovda 68 foiz ovoz to‘plab qaytadan Venesuela prezidenti etib saylangan Nikolas Maduro AQSh hukumati «Bolivar inqilobi»ni tugatish maqsadida Venesuelada harbiy to‘ntarishni rejalashtirayotganini aytdi.

Avvalroq Maduro AQShning Venesueladagi ikki nafar diplomatiga ultimatum qo‘yib, 48 soat ichida mamlakatni tark etishini talab qilgan edi.

AQSh, Kanada, Argentina, Ispaniya va Germaniya Venesuelada o‘tkazilgan saylov noqonuniy ekanini, uni qaytadan o‘tkazish zarurligini qayd qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring