MAGATE rahbari BMT bosh kotibligi uchun kurashishi mumkin

Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi Antoniu Guterrish o‘rniga BMT bosh kotibi lavozimini egallash uchun kurashishi mumkin. U bu haqda Argentinaning Infobae nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
MAGATE rahbari istiqbolda mazkur voqea yuz berishi ehtimoldan xoli emasligini ta’kidlab, oldin ham bir necha marta BMT bosh kotibligiga nomzodlar qatorida o‘zining ham nomi keltirilganini aytdi.
Grossi ta’kidlashicha, hozircha rasmiy taklif kelib tushmagan, qolaversa, BMT bosh kotibligiga nomzodlarni ilgari surish jarayoni boshlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter