Makron Fransiya bosh vazirining iste’fosini qabul qildi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron seshanba kuni bosh vazir Gabriyel Attalning iste’fosini qabul qildi.
Ammo Attal va uning kabineti hech bo‘lmaganda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari davomida, hukumatning yangi rahbari tayinlanmaguncha o‘z o‘rnida qoladi.
Bu Fransiyada haqiqiy "siyosiy zilzila" sifatida ko‘rilmoqda, chunki mamlakat hukumatni ishonchsizlik votumi bilan ag‘darib bo‘lmaydigan davrga kirmoqda.
Ketayotgan hukumat cheklangan vakolatlarga ega.
Attal va uning kabineti faqat davlatning uzluksizligini ta’minlash uchun joriy ishlarni tezlashtirish uchun javobgar bo‘ladi. Shunday qilib, ushbu o‘tish davrida hokimiyatdan ketayotgan hukumat, qoida tariqasida, hech qanday siyosiy qarorlar qabul qila olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida bironta partiya mutlaq g‘alaba qozona olmadi. Shundan so‘ng, bosh vazir iste’foga chiqishini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter