«Makron o‘t bilan o‘ynashmoqda» — Rossiya Tashqi ishlar vazirligi keskin bayonot berdi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga harbiy kontingent yuborish ehtimoli bo‘yicha munozaralarni boshlab, o‘t bilan o‘ynamoqda, deydi Rossiya TIV vakili Aleksey Polishuk.
«Bunday suhbatlar xavotirga sabab bo‘lmasdan qolmaydi. Ukrainaga harbiy aralashuvga chaqirayotgan siyosatchilar o‘t bilan o‘ynashmoqda», — dedi diplomat Fransiya rahbarining tegishli bayonotlarini sharhlar ekan.
Uning fikricha, ko‘plab g‘arb siyosatchilari o‘z davlatlarining milliy manfaatlarini siyosiy vaziyat uchun qurbon qilishmoqda. «Aftidan, ular inqirozning kuchayishi va xavf oshishini tushunmayotganga o‘xshaydi. Bu siyosiy infantilizm. Kiyev rejimiga qurol-yarog‘ yetkazishda davom etish oqibatlari haqida bizning ogohlantirishlarimiz e’tiborga olinmayapti», — deya ta’kidlagan Polishuk.
Avvalroq Makron G‘arbning 20 ga yaqin davlati vakillari ishtirokida Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ukrainaga quruqlikdagi qo‘shinlar yuborilishi mumkinligi mavzusi ko‘tarilganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ishtirokchilar bu masala bo‘yicha konsensusga erisha olishmagan, ammo kelajakda bunday ssenariyni ham istisno qilib bo‘lmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter