Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Makron yoki Le Pen: Melanshon o‘z saylovchilari ikkinchi turda kimga ovoz berishini aytdi

Makron yoki Le Pen: Melanshon o‘z saylovchilari ikkinchi turda kimga ovoz berishini aytdi

Jan-Lyuk Melanshon.

Foto: «SLON»

Fransiya prezidentligi uchun 10-aprel kuni o‘tkazilgan saylovda (birinchi tur) kurashdan chiqib ketgan Jan-Lyuk Melanshon ikkinchi turda o‘z tarafdorlari qanday yo‘l tutishi haqida o‘z taxminlarini bildirdi.

Eng ko‘p ovoz to‘plagan amaldagi prezident Emmanuel Makron va «Milliy birdamlik» partiyasi nomzodi Marin Le Pen keyingi turga yo‘l oldi.

Birinchi turda «Bo‘ysunmas Fransiya» so‘llar partiyasi yetakchisi Jan-Lyuk Melanshon 21,95 foiz ovoz bilan uchinchi o‘rinni egallagandi. Keyin u o‘z tarafdorlari bilan uch kunlik onlayn-konsultatsiya o‘tkazib, 200 mingdan ziyod odamning fikrlarini o‘rgandi.

O‘z tadqiqotidan kelib chiqib, siyosatchi ikkinchi turda o‘z saylovchilari uch strategiyadan birini tanlashlarini aytdi.

Ularning uchdan bir qismidan ziyodrog‘i (37,65 foiz) saylovga kelishadi va byulletenlarni yaroqsiz holatga keltirishadi yoki bo‘sh qoldirishadi.

Uchdan bir qismidan ozrog‘i (28,96 foiz) saylovga umuman kelish niyatida emas. Taxminan uchdan bir qismi (33,40 foiz) saylovga kelib, amaldagi prezident Emmanuel Makron uchun ovoz berishadi.

Marin Le Pen nomzodini ulardan hech qaysi biri yoqlash niyatida emas — Melanshonning o‘zi ham tarafdorlarini Le Penni qo‘llash niyatidan qaytargan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring