Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marhum ayolning xonadonidan bolalarning jasadi chiqdi

Marhum ayolning xonadonidan bolalarning jasadi chiqdi

Foto: «Newsae.ru»

Fransiyaning Mezre kommunasi, Sart departamenti fuqarosi xotini vafotidan keyin uyni yig‘ishtirishga qaror qiladi va bir nechta bolaning jasadiga duch keladi. Bu haqda BFMTV telekanali saytida xabar berilgan.

23-avgust kuni ism-sharifi oshkor etilmayotgan 41 yoshli erkak 44 yoshli rafiqasi to‘satdan saraton kasalligidan vafot etganidan ikki hafta o‘tar-o‘tmas uyni to‘liq tozalashga qaror qildi. U garajdagi javonni buzganda, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, ichidan bolaning chirib ketgan qoldiqlari chiqadi. Erkak shu zahoti politsiyaga qo‘ng‘iroq qildi.

Voqea joyiga yetib kelgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari omborning qulflangan javonidan yana ikkita bolaning murdasini topishdi. Ularning yonida ikkita pichoq ham yotgandi. Xabarlarga ko‘ra, jasadlar polietilen xalta ichida saqlangan va kiyimga o‘rab qo‘yilgan. Qoldiqlarning holati shu darajada yomonligidan ularning na chaqaloqligi, na go‘dakligi, na-da embrionligi bilinmaydi. Taxminlarga ko‘ra, bolalarning hammasi turli vaqtlarda vafot etishgan.

Shuningdek, er-xotinning nikohda farzandlari bo‘lmaganligi, ammo ayolning birinchi nikohidan ikki farzandi borligi haqida xabar berilgan. Politsiya tergov olib bormoqda va nima bo‘lgani haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q. Uy egasi so‘roq qilindi, yaqin orada topilgan jasadlarni yorib ko‘rish va tahlil qilish rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring