Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mariya Zaxarova «YouTube»ga po‘pisa qildi: «o‘zingga hukm o‘qiding»

Mariya Zaxarova «YouTube»ga po‘pisa qildi: «o‘zingga hukm o‘qiding»

YouTube videoxostingi Rossiya davlat dumasi faoliyatini yorituvchi «Duma TV» akkauntini blokladi.

«Duma TV» kanalida deputatlarning mulohazalari, Davlat dumasi majlislari eshittirishlari va mualliflik dasturlari e’lon qilingan. Kanalning 145 000 obunachisi bo‘lgan va jami 100 milliondan ortiq videosi tomosha qilingan.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zining telegram-kanalida YouTubening xatti-harakatlariga munosabat bildirar ekan, Rossiyada videoxostingni bloklashga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi. «Aftidan, YouTube o‘ziga-o‘zi hukm o‘qidi. Kontentni yuklab oling va rus platformalariga o‘tkazing. Tezroq», – deb yozgan Zaxarova.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Roskomnadzor Instagram va Facebookni bloklagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring