Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marokash g‘arbidagi zilzila qurbonlari soni ming nafardan oshdi

Marokash g‘arbidagi zilzila qurbonlari soni ming nafardan oshdi

Marokash Ichki ishlar vazirligi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 1037 nafarga, tan jarohati olganlar soni esa 1204 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Vazirlik bu haqda mahalliy telekanallardagi chiqishida ma’lum qilgan. Ayni paytda 721 nafar kishi og‘ir ahvolda. Vayronalar tagidan odamlar qidirilyapti, jabrlanganlar soni ortishi mumkin.

Ushbu vayronkor zilzila mintaqadagi 120 yil ichidagi eng halokatlisi deb atalmoqda.

AQSh Geologiya xizmati zilzila kuchini 6,8 magnitudaga teng ekanini qayd etgan. Mutaxassislar esa Marokashda aftershoklar kuzatilishini taxmin qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring