Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marokashlik 75 yoshli kitob sotuvchisi o‘qigan kitoblar

Marokashlik 75 yoshli kitob sotuvchisi o‘qigan kitoblar

Stiven Xiggins/ Marokash jahon yangiliklari

Marokashda, ya’ni Rabotning Madina markazida Muhammad Aziz ismli 75 yoshli erkakning kitob do‘koni bor. Dastlab bu odam haqida 2019-yil Marokosh jahon yangiliklarida maqola chop etiladi. Keyinchalik bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘plab postlar qo‘yilgan. Xo‘sh, bu kitob sotuvchisi kim? Va u qaysi jihati bilan boshqalardn ajrab turadi? Gap shundaki Muhammad Aziz kitobni juda sevadi, dastlab daraxt soyasida, 15 yoshida 9 dona kitob bilan savdo boshlaydi. 1967-yilda o‘z kitob do‘koniga ega bo‘ladi. Ya’ni kitobxonlik keng tarqalmagan mamlakatda do‘kon ochilishi odamlarning kitobga mehrini uyg‘otish yo‘lidagi harakat sifatida tahsinga loyiq. 

Muhammad Aziz kunining ko‘p qismini kitoblar – turli voqealar, hikoyalar bilan o‘ralgan kitob do‘konida o‘qish  va doim o‘qish bilan o‘tkazadi. Uning o‘tkinchilarga, boshqa yurtdan kelgan mehmonlarga aytishicha, kuniga kamida 8 soat vaqtini  mutolaaga bag‘ishlagani uchun shu kungacha 4000 dan ortiq kitob o‘qishga muvaffaq bo‘lgan. Qolgan vaqtlarida u mahallalarni aylanib chiqadi, ulardan boyliklarni olib, keyinchalik o‘z do‘konida sotuvga qo‘yadi.

Nega Muhammad Aziz kitob mutolaasi keng tarqalmagan mamlakatda kitob do‘koni ochishga qaror qildi?

Ota-onasidan erta, 6 yoshida ayrilgani uchun  tirikchilik qilishi va o‘rta maktabni tugatishi kerak edi, lekin  bunga imkoni bo‘lmadi. 15 yoshida u darsliklar juda qimmatligi sababli maktabni tashlab ketdi.

Bolaligida kitoblardan foydalanish imkoniyati yo‘qligi, o‘zini kitobga bag‘ishlash haqida qaror qabul qilishga turtki bo‘ldi. Boshqalar bilan suhbatda u shunday deydi: «Men bolaligim, ahvolim, qashshoqligim uchun shunday qasos olaman».  

Undan do‘koniga qancha kitob yig‘ilganini so‘rashganida: «Yetarli emas», deb javob beradi. Muhammad Aziz kuniga o‘rtacha bir yoki ikki marta savdo qiladi. Keyin u o‘qishni boshlash uchun eshik romiga o‘tiradi – faqat ovqatlanish, ibodat, chekish va mijozlarga yordam berish paytida kitobdan bosh ko‘taradi.

55 yil davomida Muhammad Aziz kitob do‘koni ochgandan buyon Marokashda savodsizlik darajasi 1960- yildagi 87 foizdan 2014-yilda 32 foizga kamaydi, deya xabar beradi mamlakatning davlat statistika agentligi. Ammo hafsalasi pir bo‘lgan kitob sotuvchisi shuni anglatadiki, har 10 marokashlikdan uchtasi haligacha uning kitoblaridan bahramand bo‘lolmaydi. «Men 4000 dan ortiq kitob o‘qiganman, shuning uchun men 4000 dan ortiq hayot kechirganman. Har bir inson bunday imkoniyatga ega bo‘lishi kerak.»

Ammo u hamma ham shunday qilmasligini biladi. 75 yoshli taqvodor kitob sotuvchini faqat ikkita narsa g‘azablantiradi – sahifalari yo‘qolgan kitoblar va o‘qish o‘rniga ishlaydigan bolalar. U har kuni maktabga borish o‘rniga do‘konlarda ishlayotgan yoki ko‘chalarda o‘ynab yurgan bolalarning yonidan o‘tadi va: «O‘qish Allohning hadyasi va amridir», – deydi Qur’on kitobiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishora qilib. Muhammad Aziz mamlakatdagi savodxonlik darajasi pastligining o‘zi kabi maktabni bitirmayotgan o‘quvchilar foizi bilan bog‘laydi. YuSAID ma’lumotlariga ko‘ra, bolalarning  atigi 53 foizi o‘rta maktabda o‘qishni davom ettirmoqda. «Bu muammo yangilik emas», – deydi Muhammad Aziz. – «Bu men bilan ham 50 yil oldin sodir bo‘lgan va hozir ham sodir bo‘lmoqda.»  

foto: Travel Between The Pages  

Muhammad Aziz darsliklar qanchalik qimmat bo‘lmasin bolalarning maktabga borishiga qimmat kitoblar sabab bo‘lmaydi, degan umidda bo‘lajak o‘quvchilar uchun narxlarni pasaytiradi. Ammo maktabda o‘qimaslik  Muhammad Azizning bilim olishiga to‘sqinlik qilmadi.

Ayni paytda rang-barang kitoblar taxlangan  Muhammad Azizning do‘koni Marokash va dunyoning turli burchaklaridan kelgan odamlar uchun katta qozonga aylandi. Ko‘ngillilar bu yerga kitoblar tashlab ketishadi.  Ular bilan uzoq suhbatlardan so‘ng Muhammad Aziz  kitoblari orqali mustaqil arab, fransuz va ispan tillarini o‘rgandi.

 «Mening hayotim kitobxonlik bilan o‘tmoqda», deydi u. – «Hayotda men o‘qish qobiliyatimni yo‘qotib qo‘yish va umrimning oxirgi kunlarigacha o‘qiy olishim haqida qayg‘uraman». Yana uning aytishicha baxtli bo‘lishi uchun ikkita yostiq va kitobdan boshqa narsa kerak emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring