Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur gazeta Zelenskiyni Vera Brejnevaga «uylantirib qo‘ydi»

Mashhur gazeta Zelenskiyni Vera Brejnevaga «uylantirib qo‘ydi»

Foto: «Kanalukraina.tv»

Turkiyadagi mashhur «Hurriyet» gazetasi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni aktrisa va xonanda Vera Brejnevaga yanglishib «uylantirib qo‘ydi».

«Sakkizta eng yaxshi to‘y» filmida Vladimir Zelenskiy va Vera Brejneva.

Nashr Ukraina birinchi xonimi Yelena Zelenskayaning koronavirusga chalingani to‘g‘risida maqola chop etgan. Faqat illyustratsiya sifatida «Sakkizta eng yaxshi to‘y» filmidagi posterni joylagan. U yerda Vladimir Zelenskiy va uning rafiqasi rolini ijro etgan Vera Brejneva birga suratga tushishgan.

Matn 17-iyun kuni gazetaning rasmiy saytiga joylangan. Keyinchalik bosma versiyasida ham illyustratsiya almashtirilgan.

Avvalroq Yelena Zelenskayada koronavirus qayd etilganini xabar bergandik. U dastlab ambulatoriya sharoitida muolaja olgan. Keyinchalik uni ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi bilan shifoxonaga yotqizishdi. Zelenskiy uchrashuvlarni chekladi, u qisman karantinni o‘tamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring