Mashhur xonanda 72 yoshida vafot etdi

Xonanda va bastakor, Rossiya xalq artisti Aleksandr Gradskiy 72 yoshida vafot etdi.
27-noyabr kuni Gradskiy insult gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgan. Musiqachining sog‘lig‘i sentyabr oyida yuqtirgan koronavirus infeksiyasidan keyin yomonlashdi. Qayd etilishicha, san’atkor deyarli turib yurishni to‘xtatgan va oyoqlaridagi og‘riqdan shikoyat qilgan.
26-noyabr, juma kuni Gradskiy o‘zini yomon his qilgan – musiqachi hushini yo‘qotgan va bir soat davomida o‘ziga kelmagan.
Xonanda shifoxonaga borishdan bosh tortgan. Shu munosabat bilan xonanda uy sharoitida davolangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter